Блог пользователя Muhammad_Rahimov

Автор Muhammad_Rahimov, история, 7 лет назад, По-английски

Masala Tarjimasi:

Levko massivlar bilan o'ynashni yaxshi ko'rar ekan. Unda a1, a2, a3 ... an ko'rinishidagi massiv bor ekan. U massiv bilan o'ynash davomida, shu massiv ustida 2 xil amal bajarar ekan.

Bu amallar:
1. Birinchi turdagi amal bu: massivdagi indekslari L dan R gacha bo'lgan elementlarni D ga oshirish. ya'ni dasturlash tili bilan aytganda:

for(int i = L; i<=R; i++)
    a[i]+=D;
  1. Ikkinchi turdagi amal: massivdagi indekslari L dan R gacha bo'lgan elementlar ichidan maksimalini topish.
for(int i = L; i<=R; i++)
   mx = max(mx, a[i]);

Levko sevimli massivini yo'qotib qo'yibdi shuning uchun u sizdan yordam so'rayapdi. Unda faqat massiv ustida bajarilgan amallar ro'yhati bor holos. Levkoga massivni tiklashda yordam bering.

Kiruvchi ma'lumotlar:

Birinchi bo'lib bizga n va m ketma ket kiritiladi.

n -> massiv elementlari soni; 1<=n<=5000
m -> massiv ustida bajarilgan amallar soni; 1<=m<=5000

Keyingi m qatorda quyidagi tartibda ma'lumotlar kiritiladi:
1. t -> bajarilgan operatsiya tipi. Agar t = 1 bo'lsa u holda birinchi turdagi amal bajarilgan(qo'shish), agar t = 2 bo'lsa ikkinchi turdagi amal bajarilgan(maksimal topish). 1<=t<=2
2. l -> chap chegara 1<=l<=n
3. r -> o'ng chegara 1<=r<=n
4. d yoki m -> bajarilayotgan amal turiga qarap, agar birinchi turdagi amal bo'lsa qo'shilayotgan son, agar ikkinchi turdagi amal bo'lsa topilgan maksimal son.

Chiquvchi ma'lumotlar:

YES -> agar yechim bo'lsa
NO -> agar yechim bo'lmasa
Agar yechim bo'lsa YES yozuvi ostida massiv elementlari chiqarilsin. Massiv elementlari modul jihatda 1e9 dan oshmaydi. |ai|<=1e9

O'zlaringizda g'oya chiqarib ishlashga urinib ko'ringlar!!! Agar bo'lmasa quyidagi yechimda foydalaninglar.

Masala Yechimi:

yechimi

Полный текст и комментарии »

  • Проголосовать: нравится
  • -3
  • Проголосовать: не нравится