Hammaga Salom
Masala Tarjimasi:
Levko massivlar bilan o'ynashni yaxshi ko'rar ekan. Unda a1, a2, a3 ... an ko'rinishidagi massiv bor ekan. U massiv bilan o'ynash davomida, shu massiv ustida 2 xil amal bajarar ekan.
Bu amallar: 1. Birinchi turdagi amal bu: massivdagi indekslari L dan R gacha bo'lgan elementlarni D ga oshirish. ya'ni dasturlash tili bilan aytganda: for(int i = L; i<=R; i++) a[i]+=D; 2. Ikkinchi turdagi amal: massivdagi indekslari L dan R gacha bo'lgan elementlar ichidan maksimalini topish. for(int i = L; i<=R; i++) mx = max(mx, a[i]);
Levko sevimli massivini yo'qotib qo'yibdi shuning uchun u sizdan yordam so'rayapdi. Unda faqat massiv ustida bajarilgan amallar ro'yhati bor holos. Levkoga massivni tiklashda yordam bering.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi bo'lib bizga n va m ketma ket kiritiladi.
n -> massiv elementlari soni; 1<=n<=5000 m -> massiv ustida bajarilgan amallar soni; 1<=m<=5000
Keyingi m qatorda quyidagi tartibda ma'lumotlar kiritiladi: 1. t -> bajarilgan operatsiya tipi. Agar t = 1 bo'lsa u holda birinchi turdagi amal bajarilgan(qo'shish), agar t = 2 bo'lsa ikkinchi turdagi amal bajarilgan(maksimal topish). 1<=t<=2 2. l -> chap chegara 1<=l<=n 3. r -> o'ng chegara 1<=r<=n 4. d yoki m -> bajarilayotgan amal turiga qarap, agar birinchi turdagi amal bo'lsa qo'shilayotgan son, agar ikkinchi turdagi amal bo'lsa topilgan maksimal son.
Chiquvchi ma'lumotlar
YES -> agar yechim bo'lsa NO -> agar yechim bo'lmasa Agar yechim bo'lsa YES yozuvi ostida massiv elementlari chiqarilsin. Massiv elementlari modul jihatda 1e9 dan sohmaydi. |ai|<=1e9